Dunyodan
“Prezident Putin Ukraina muvaffaqiyat qozonishini xohlaydi”.
28-dekabr kuni Floridada prezident Donald Tramp va prezident Vladimir Zelenskiy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida AQSh prezidentidan urushdan keyingi Ukrainani qayta tiklashda Rossiyaning mas’uliyatini muhokama qilganliklari haqida so‘ralgan. Ma’lumki, prezident Tramp uchrashuv oldidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashgan.
“Ha, bu muhokama qilindi. Rossiya yordam beradi. Rossiya Ukrainaning oxir-oqibat muvaffaqiyatga erishishini istaydi. Bu biroz g’alati tuyulishi mumkin, lekin men prezidentga (Zelenskiy) tushuntirdimki, prezident Putin Ukraina muvaffaqiyat qozonishiga ijobiy munosabatda. Buni boshqa narsalar qatori Rossiyadan energiya resurslari, elektr energiyasi va boshqa tovarlarni juda arzon narxlarda yetkazib berish orqali amalga oshirish mumkin”, dedi Donald Tramp.
Prezident Vladimir Zelenskiy Rossiyaning Ukraina muvaffaqiyat qozonishini xohlayotgani haqidagi so‘zlariga kinoya bilan munosabat bildirdi, qoshlarini ko‘tarib, jilmayib: “Ha”, deb javob berdi.