Dunyodan

Prezident Putin Tinchlik kengashiga muzlatilgan 1 milliard dollar mablag‘ni xayriya qilmoqchi

Published

on


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya AQSh tomonidan muzlatilgan 1 milliard dollar aktivlarini Tinchlik kengashiga o‘tkazishi mumkinligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qadam Rossiyaning Falastin xalqi bilan alohida munosabatini hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.

“Rossiyaning Falastin xalqi bilan alohida munosabatini inobatga olgan holda, AQShning avvalgi maʼmuriyati muzlatib qoʻygan Rossiya aktivlaridan 1 milliard dollarni Tinchlik kengashiga qoʻshilish va uning faoliyati toʻgʻrisida qaror qabul qilinishidan oldin ham Tinchlik kengashiga oʻtkazish mumkin boʻladi, deb oʻylayman”, — dedi Putin Rossiya Xavfsizlik kengashi aʼzolari bilan uchrashuvda.

Rossiya rahbari, shuningdek, uning hukumati AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilayotgan tinchlik kengashini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini va bu masala Vashingtondagi vakillar bilan muhokama qilinganini ma’lum qildi.

“Biz Falastin xalqini qoʻllab-quvvatlash, Gʻazo sektorini tiklash va butun Falastin muammolarini hal qilish uchun yangi mexanizm — Tinchlik kengashiga 1 milliard dollar ajratishga tayyormiz, deb eshitgan boʻlsangiz kerak. Bu mablagʻlar AQSh tomonidan avvalgi maʼmuriyatda muzlatib qoʻyilgan mol-mulkimiz hisobidan ajratilishi mumkin”, dedi Putin payshanba kuni Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashuvda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday variantlar avvalroq AQSh hukumati vakillari bilan muhokama qilingan va mavzu bo‘yicha navbatdagi uchrashuv Moskvada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Aytgancha, Tinchlik kengashi AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bo‘lib, butun dunyodagi, jumladan, G‘azo sektoridagi mojarolarni bartaraf etishga qaratilgan. Rejaga ko‘ra, tashkilot raisi umrbod Donald Trampning o‘zi bo‘lardi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version