Jamiyat

Prezident nikoh shartnomasi tuzish afzalliklarini targ‘ib qilish kerakligi haqida gapirdi

Published

on


Shavkat Mirziyoyev ajrimlarda farzandlar og‘ir moddiy ahvolga tushishining oldini olish uchun nikoh shartnomasi tuzish afzalliklarini targ‘ib qilish lozimligi aytdi. Shuningdek, prezident oila qurish bu – nafaqat o‘zi, balki turmush o‘rtog‘i va farzandlari oldidagi katta mas’uliyat ekanini yoshlarga tushuntirish zarurligini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ajrimlarda taraflar, ayniqsa, farzandlar og‘ir moddiy ahvolga tushishining oldini olish uchun nikoh shartnomasi tuzishning afzalliklarini targ‘ib qilish lozim. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 14 oktyabrdagi yig‘ilishda ta’kidladi.

Yig‘ilishda mahallalardagi ijtimoiy muhit va yoshlar tarbiyasi bo‘yicha yechim topilishi kerak bo‘lgan bir qator masalalar ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, yil boshidan 32 mingga yaqin oila ajrashib ketgani, 16 ming ota-ona aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgani, oilasi va bolalarini kredit qarzlari bilan tashlab ketish holatlari uchrayotgani, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohlarning salbiy oqibatlari barchani – hokimlar, «mahalla yettiligi», nuroniylar, butun jamoatchilikni qattiq tashvishga solishi kerakligi qayd etildi.

Oila qurish bu – nafaqat o‘zi, balki turmush o‘rtog‘i va farzandlari oldidagi katta mas’uliyat ekanini yoshlarga tushuntirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ajrimlarda taraflar, ayniqsa, farzandlar og‘ir moddiy ahvolga tushishining oldini olish uchun nikoh shartnomasi tuzishning afzalliklarini targ‘ib qilish lozimligi ta’kidlandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version