Siyosat
Prezident Mirziyoyev Putinning prezident saroyiga uyushtirilgan hujumni qoraladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqotda bo‘lib, unda O‘zbekiston rahbari Nijniy Novgorod viloyatida Rossiya prezidenti saroyiga uyushtirilgan hujumni keskin qoraladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Telefon suhbati 30 dekabr kuni bo’lib o’tdi. Uchrashuv avvalida janob Mirziyoyev hujumga urinishni qoralab, bunday xatti-harakatlar barqarorlik va xavfsizlikka, jumladan, mustahkam tinchlikka erishishga qaratilgan sa’y-harakatlarga tahdid solayotganini ta’kidladi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga doir masalalarni ko‘rib chiqdilar, bunda asosiy e’tibor oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdilar va kelgusidagi hamkorlik rejalarini muhokama qildilar.