Siyosat
Prezident Mirziyoyev Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Eron oliy rahbari Oyatulloh Xomanaiy vafoti munosabati bilan Prezident Masud Pezeshkianga rasman hamdardlik bildirdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ushbu hamdardlik maktubi Eronning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan tarqatildi.
Shavkat Mirziyoyev Prezident Mas’ud Pezeshkianga yo‘llagan maktubida Said Ali Xomanaiy va uning oila a’zolari vafoti munosabati bilan chuqur qayg‘uda ekanligini bildirdi. Prezident oliy rahnamoning zamonaviy Eronni shakllantirishdagi ulkan rolini alohida ta’kidladi.
“Eron Islom Respublikasi oliy diniy yetakchisi Oyatulloh Xomanaiy va uning oila a’zolari vafot etganini eshitib, qalblarimiz chuqur qayg‘uga to‘ldi”, — deyiladi maktubda. – U o‘zining ko‘p yillik samarali faoliyati bilan Eron davlatini mustahkamlash, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylashga katta hissa qo‘shdi.
Mirziyoyev soʻngida Oliy rahbar xotirasi Oʻzbekiston xalqi qalbida saqlanib qolishini taʼkidlab, uning “Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlik, oʻzaro manfaatli munosabatlar va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasini” eʼtirof etdi.
Ali Xomanaiy 28 fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan Eronga uyushtirilgan hujumda halok bo‘lgan edi. U 1989-yildan beri Eronning oliy rahbari bo‘lib kelgan. Mamlakatning eng yuqori lavozimini egallashdan oldin u 1981-1989-yillarda Eron prezidenti lavozimida ishlagan.