Mahalliy

Prezident ikki qizaloqni qutqarish chog‘ida cho‘kib ketgan erkakni «Jasorat» medali bilan mukofotladi

Published

on


Joriy yil 5-may kuni ikki nafar voyaga yetmagan qiz  Toshkentdagi Bo‘rijar kanaliga tushib ketgani va bunga guvoh bo‘lgan voqea joyiga yaqin hududda yashab kelgan Abdumannop Samiqov darhol yordamga shoshilgani va ikkala qizni qutqarib, baxtga qarshi o‘zi suvda cho‘kib halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov mazkur fojeaga e’tibor qaratib, Abdumannop Samiqovning «hamisha odamlarga yaxshilik qiladigan, el koriga yaraydigan vatanparvar inson bo‘lgani»ni e’tirof etmoqda.

Asadovning ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev marhumning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirgan va bugun marhum Abdumannop Samiqovni «Jasorat» medali bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.

Shuningdek, qizaloqlarni qutqarishda jonbozlik ko‘rsatgan «Bo‘rijar» sport majmuasi ishchisi Nurmuhammad Mamasaliyev ham «Jasorat» medali bilan taqdirlangan.

«Bu mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, vatan qahramonlariga hurmat ko‘rsatish borasidagi e’tiborning yana bir ifodasi bo‘ldi. Kuchli va mehr-oqibatli jamiyatda insoniylik hech qachon unutilmaydi», – deb yozadi Sherzod Asadov.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version