Jamiyat

Prezident Gulistondagi gaz portlashida jabrlanganlar holidan xabar oldi

Published

on


Jamiyat | 14:15

673

1 daqiqa o‘qiladi

Ikki kun oldin Guliston shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz balloni portlashi oqibatida 29 nafar fuqaro jarohat olgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi doirasida shifoxonaga borib, jabrlanganlarni ziyorat qildi, ularning ahvoli va ko‘rilayotgan davolash choralari bilan yaqindan tanishdi.

Foto: Videodan kadr

Davlat rahbari jarohat olganlar bilan suhbatlashib, ularga ma’naviy ko‘mak bildirdi, har bir bemorning ahvoli bo‘yicha shifokorlardan atroflicha ma’lumot oldi. Shuningdek, jabrlanuvchilarning yaqinlari bilan gaplashib, ularni ruhan qo‘llab-quvvatladi.

Prezident mutasaddilarga jabrlanganlarga zarur tibbiy yordamni to‘liq ko‘rsatish, davolanish jarayonini doimiy nazoratda ushlash hamda ularning oilalariga barcha tomonlama ko‘mak taqdim etish yuzasidan topshiriqlar berdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version