Mahalliy

Prezident davlat boshqaruvidagi eng yaxshi kadrlarni e’tirof etdi

Published

on


Bugun «Sifatli davlat boshqaruvi» dasturi doirasidagi forumda eng namunali xodimlar e’tirof etildi. Prezidentimiz barcha g‘oliblarning lavozimini darhol bir pog‘onaga ko‘tarib, ularni rahbar kadrlar zaxirasiga kiritishni taklif qildi:


Maqsud Bolibekov (Tog‘-kon va geologiya vazirligi) — Eng namunali rahbar;
Fazliddin Mo‘minov (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi) — Eng namunali ma’muriy xodim;
Shoxmirzo Umarov («O‘zatom» agentligi) — Eng namunali mutaxassis;
Ummatoy Yo‘ldosheva (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi) — Eng namunali ayol xodim;
Akbarxon Sobirxonov (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi) — Eng namunali iste’dodli yosh xodim;
Mirsaid Raxmatov (Adliya vazirligi) — Inson resurslari bo‘yicha eng namunali xodim.

“Ularning teran fikrlashi, o‘z ustida ishlashi va innovatsion yondashuvi hammaga o‘rnak bo‘lishi kerak“, — dedi davlatimiz rahbari.

Prezident keyingi safar faqat g‘oliblarni emas, samarasiz ishlayotgan idoralarni ham “sahna“ga chiqarishini ta’kidladi:

“Keyingi safardan boshlab ro‘yxatning oxirida qolgan davlat idoralari nomini ham ochiq aytamiz. Oqsayotgan tashkilotlar bundan jiddiy xulosa chiqarishi kerak!“

Aytish joizki, davlat tizimida endi “ko‘zbo‘yamachilik“ emas, haqiqiy natija va intellektual salohiyat qadrlanmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version