Jamiyat

Prezident bir guruh tadbirkorlarni mukofotlash to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev «Bir guruh tadbirkorlarni mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.

Hujjat bilan «o‘zining ishbilarmonlik va tashabbuskorlik fazilatlari bilan tadbirkorlik sohasida investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, turli yo‘nalishdagi saxovat va homiylik ishlari bilan jamiyatimizda o‘zaro ko‘mak va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgani, hududlar infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy ob’yektlarni qurish, aholi uchun ko‘plab qulay sharoit va imkoniyatlarni yaratishda boshqalarga alohida ibrat va namuna bo‘layotgani uchun», jumladan, «Mehnat shuhrati» ordeni bilan 5 nafar, «Do‘stlik» ordeni bilan esa 2 nafar tadbirkorni mukofotlashga qaror qilingan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version