Jamiyat
Prezident bir guruh qishloq xo‘jaligi xodimlarini mukofotladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlashga doir farmonni imzoladi.
Hujjatda qayd etilishicha, ular «mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tizimidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, intensiv agrotexnik usullarni qo‘llash orqali yuqori hosildorlikka erishish, el-yurt farovonligini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalar va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, mahsulotlarni sifatli qayta ishlash, yurtimiz eksport salohiyatini oshirish yo‘lidagi samarali faoliyati, malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun» mukofotlangan.
Ularga Prezident farmoni bilan, jumladan:
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor» faxriy unvoni;
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» faxriy unvoni;
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator» faxriy unvoni;
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi» faxriy unvoni;
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni;
«Mehnat shuhrati» ordeni;
«Do‘stlik» ordeni;
«Jasorat» medali;
«Kelajak bunyodkori» medali;
«Shuhrat» medali topshirladi.