Siyosat

Prezident Administratsiyasining uch vakili boshqa ishga o‘tkazildi

Published

on


Prezident administratsiyasining uch amaldori ishdan olindi. Ular boshqa ishga o‘tkazilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan:

– Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan;

– Utkirjon G‘ayratovich Kodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamentining rahbari lavozimidan;

– Jaxongir Jovaxirlayevich Ibragimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version