Jamiyat

PPX to‘lovli asosda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi

Published

on


Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ichki ishlar organlari patrul-post xizmati (PPX) bo‘linmalari tomonidan fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmatlarni shartnomaviy-huquqiy asosda ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

2025 yil 1 sentabrdan boshlab yuridik shaxslar YaIDXP va Davlat xizmatlari markazlari orqali PPX bo‘linmalariga shartnomaviy-huquqiy asosda xizmatlar ko‘rsatish uchun murojaat qilishi mumkin.

PPX bo‘linmalari IIVning “Elektron patrul” tizimi orqali jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsata oladi.

Ma’muriy reglament quyidagi tartiblarni belgilaydi:


fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun yuridik shaxslar tomonidan ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo‘linmalariga murojaat qilish;
arizalarni ko‘rib chiqish va ularni rad etish asoslari;
fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini tashkil etish.

 

Ma’muriy reglament ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishga, shuningdek, yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha namoyishlariga nisbatan qo‘llanmaydi.

Belgilangan shakldagi ariza vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. Bunda vakolatli organ xodimi ariza beruvchi bilan birgalikda fuqarolar to‘planish joyini ko‘zdan kechiradi.

Fuqarolar gavjum bo‘ladigan joyni ko‘zdan kechirish natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi, unda obekt hududining chegaralari, zarur shaxsiy tarkib soni, xizmat xonalari, postlar va harakat marshrutlarining joylashuvi, javobgarlik zonasi, xodimlarning ish tartibi va ish qoidalari belgilanadi, shuningdek shartnoma loyihasi ishlab chiqiladi.

Patrul-post xizmati bo‘linmalari tomonidan fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tariflari belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version