Jamiyat

Poytaxtda 1,1 mlrd so‘mlik muddati o‘tgan ichimliklar sotuvi to‘xtatildi

Published

on


Toshkent shahrida tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan 1,1 mlrd so‘mlik energetik va alkogol mahsulotlarini sotuvga chiqarilishining oldi olindi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiya hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda “E.D.”, “D.S.”, va “V.N.” MChJ mas’ul shaxslari savdo shoxobchalarida yaroqlilik muddati o‘tgan energetik ichimliklar hamda tegishli hujjatlari bo‘lmagan alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganliklari, shuningdek “QR kod” markirovkalarining nusxasidan takror foydalan kelganliklari aniqlanib, umumiy bahosi 1,1 mlrd so‘mlik energetik va alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version