Iqtisodiyot
poytaxt va atrof hududlarda to‘planish tendensiyasi
Iqtisodiyot | 12:17
81
1 daqiqa o‘qiladi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokida 17 188 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning asosiy qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi – 10 962 ta (63,8 foiz), keyin Toshkent viloyati – 2 174 ta (12,6 foiz).
Hududlar kesimida xorijiy sarmoyali korxonalar joylashuvi quyidagicha (kamayish tartibida):
Toshkent shahri: 10 962 ta (63,8 foiz);
Toshkent viloyati: 2 174 ta (12,6 foiz);
Samarqand viloyati: 643 ta (3,7 foiz);
Farg‘ona viloyati: 589 ta (3,4 foiz);
Surxondaryo viloyati: 482 ta (2,8 foiz);
Andijon viloyati: 393 ta (2,3 foiz);
Buxoro viloyati: 351 ta (2,0 foiz);
Navoiy viloyati: 299 ta (1,7 foiz);
Sirdaryo viloyati: 268 ta (1,6 foiz);
Namangan viloyati: 245 ta (1,4 foiz);
Jizzax viloyati: 240 ta (1,4 foiz);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 197 ta (1,1 foiz);
Xorazm viloyati: 188 ta (1,1 foiz);
Qashqadaryo viloyati: 157 ta (0,9 foiz).
Ma’lumotlar xorijiy sarmoya ishtirokidagi biznes sub’yektlari asosan poytaxt va unga yonma-yon hududlarda to‘planayotganini ko‘rsatadi. Bu holat logistika, qulay infratuzilma, kadrlar bozori va ichki talab hajmi kabi omillar bilan izohlanadi.