Jamiyat
Polshadagi deportatsiya markazlarida bo‘lgan uch o‘zbekistonlik qaytarildi
O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Polshadagi deportatsiya markazlarida bo‘lib vatandoshlar oilasi bag‘riga qaytarildi.
O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Polsha Chegara xizmati mutasaddilari bilan olib borgan muzokaralar natijasida, ushbu davlatda noqonuniy tarzda bo‘lib turgani sababli 2 oydan ziyod vaqt davomida deportatsiya markazida saqlanib kelayotgan T.J., A.B. va K.S.ni vatanga qaytarish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Hamyurtlar joriy yil 30 avgust kuni “Toshkent-Varshava” yo‘nalishi bo‘yicha LO189 aviareysi orqali O‘zbekistonga boradi.
Mazkur insonparvarlik ko‘magi O‘zbekiston 30 iyuldan 30 avgustga qadar e’lon qilingan “Vatanga qaytarish” aksiyasi doirasida amalga oshirildi.