Jamiyat
Polshada mushkul ahvolda qolgan uch fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi
O‘zbekiston elchixonasi Migratsiya agentligi bilan birgalikda mamlakatda e’lon qilingan “Vatanga qaytarish” insonparvarlik aksiyasi doirasida Polshada mushkul ahvolga tushib qolgan vatandoshlar qaytishini ta’minladi.
Elchixona va faol vatandoshlar ko‘magi bilan Toshkent shahrida tug‘ilgan D.A. va uning onasi S.A. xorijdagi davolanish jarayonidan so‘ng xavfsiz holda O‘zbekistonga yetib oldi.
Shuningdek, ushbu aksiya doirasida Telegram messenjeridagi yolg‘on va’dalarga ishonib aldangan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yo‘qotgan Toshkent viloyatida tug‘ilgan 21 yoshli O.K. ham vatanga qaytarildi.
O‘zbekistonga qaytgach, ularga tegishli davlat idoralari va jamoat tashkilotlari tomonidan psixologik va huquqiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.