Dunyodan

Polsha o‘z yadro qurolini yaratish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Published

on


Polsha bosh vaziri Donald Tusk uning mamlakati kelajakda yadro quroliga ega bo‘lish masalasini ko‘rib chiqishi mumkinligini aytdi. Bloomberg xabar berdi.

Tuskning aytishicha, Varshava yadroviy xavfsizlik masalalariga juda jiddiy yondashadi va bu sohada imkon qadar avtonom harakat qilishga tayyor.

“Polsha yadro xavfsizligi masalasiga juda jiddiy yondashadi. Kelajakda bu sohada mustaqil harakat qilishga tayyorlanamiz”, – dedi Polsha bosh vaziri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Varshava passiv holatda qolishni istamaydi va atom energetikasi va xavfsizlik sohasida loyihalar ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq prezident Donald Tusk Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ittifoqchilarga yadroviy quvvatga ega qiruvchi samolyotlarni vaqtincha joylashtirish bo‘yicha tashabbusi yuzasidan Parij bilan maslahatlashganini ma’lum qilgandi.

Polsha bosh vaziri bu borada Shvetsiya va Daniya kabi Yevropa davlatlari bilan maslahatlashganini aytdi. Ulardan ba’zilari ushbu tashabbusga qiziqish bildirishdi.

Xabar qilinishicha, muzokaralarning navbatdagi bosqichi 10-mart kuni Parij yadroviy sammiti doirasida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2-mart kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron global tahdidlar kuchayib borayotgani sababli Fransiya yadro arsenalini kengaytirishini ma’lum qilgan edi.

Prezident Makron, “Mamlakatimiz yadroviy arsenalidagi yadro kallaklari sonini koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatma berdim”, dedi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Fransiya endi yadro arsenalining hajmini oshkor qilmaydi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version