Dunyodan
Polsha biometrik bo‘lmagan pasportga ega rossiyaliklarning mamlakatga kirishiga ruxsat bermaydi
Yevrokomissiya saytida e’lon qilingan yangilangan hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab Polsha rossiyaliklar tomonidan biometrik chipsiz berilgan xorijiy pasportlarni tan olishni besh yilga to‘xtatadi.
Bunday pasportga ega rossiyaliklar Polshaga kiritilmaydi. Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab Polsha biometrik chipsiz diplomatik yoki rasmiy pasportlarni qabul qilmaydi.
2025 yilga kelib, ba’zi Yevropa davlatlari besh yillik xorijiy pasportga ega rossiyaliklarni qabul qilishni to’xtatadi (yashash ruxsatnomasi egalari uchun ba’zi istisnolar bundan mustasno). Bu davlatlar qatoriga Litva, Latviya, Estoniya, Fransiya, Chexiya, Daniya va Islandiya kiradi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab ushbu ro‘yxatga Ruminiya va Germaniya qo‘shiladi.
Eslatib o’tamiz, hozirda Rossiya fuqarolariga ikki turdagi xorijiy pasport berilishi mumkin.
5 yil (eski model, biometrik chip yo’q). 10 yil (yangi model, biometrik chip bilan jihozlangan).