Dunyodan
Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasiga qamoq jazosining umumiy muddati 50 yilga uzaytirildi
Pokiston sudi mamlakat sobiq bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasi Bushra Bibini Toshaxondagi ikkinchi korrupsiya ishi bo‘yicha 17 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar bermoqda Geo News.
Bu yerda gap sobiq birinchi juftlik Saudiya hukumatidan 2021 yilda olgan davlat sovg‘alari bilan bog‘liq firibgarlik haqida bormoqda. Bundan tashqari, har bir ayblanuvchi 60 ming dollardan jarimaga tortildi, deyiladi xabarda.
Bungacha Imron Xon 190 million funt sterlinglik korruptsiya ishi bo’yicha 14 yilga, uning rafiqasi esa 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Shuning uchun Imron Xon ishi bo’yicha jami qamoq muddati 31 yil, Bushra Bibi ishi bo’yicha 24 yilni tashkil etdi.