Iqtisodiyot
Pokiston bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy operatsiyalar yo‘lga qo‘yiladi
Iqtisodiyot | 09:40
345
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston savdo vaziri o‘rinbosari Mari Kazi bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy operatsiyalar tizimini shakllantirish, savdo aylanmasini 2 mlrd dollarga yetkazish va logistikani optimallashtirish bo‘yicha amaliy choralarni muhokama qildi.
Foto: “Dunyo” AA
“Dunyo” AA ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, investitsiya va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, bank-moliya munosabatlarini takomillashtirish, shuningdek transport va logistika bo‘yicha dolzarb masalalarni atroflicha ko‘rib chiqdi.
Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuv va takliflar muhokama qilindi:
to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
o‘zaro savdo aylanmasini 2 mlrd dollarga yetkazish vazifalari;
imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish;
transport-logistika zanjirini optimallashtirish va barqaror ishlashini ta’minlash;
fitosanitar hamkorlik samaradorligini saqlash, farmatsevtika, elektrotexnika va sanoat uskunalari bo‘yicha muloqotlarni faollashtirish;
standartlar va sertifikatlash tizimlarini o‘zaro tan olish, to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish;
hududlararo hamkorlikni kuchaytirish va “O‘zbekiston–Pokiston hududlararo forumi”ni o‘tkazish;
mintaqaviy integratsiya doirasida Transafg‘on temiryo‘lini bunyod etish masalalariga e’tibor qaratish.