Jamiyat
Piskentda dalahovlida giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirayotgan shaxs fosh bo‘ldi
U uyining yuqori qavati va tom qismida tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirib kelgan.
Toshkent viloyati Piskent tumanidagi Bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati hududida mavjud dalahovlilar, hududiy profilaktika inspektori va tezkor xodimlar tomonidan nazorat tartibida o‘rganildi.
O‘rganish davomida xonadonlardan birida yashovchi fuqaro S.T. uyining yuqori qavati va tom qismida tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirib kelayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.