Iqtisodiyot

Pillachilik klasterlari mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi

Published

on


Hukumat qaroriga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan 2029 yil 1 yanvarga qadar pillachilik va ipakchilik sohasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator soliq imtiyozlari joriy etiladi.

Xususan, ushbu davr mobaynida pillachilik klasterlarining pilla yetishtirish va saqlash uchun foydalaniladigan bino va inshootlari mol-mulk solig‘idan, shuningdek ular egallagan yer uchastkalari yer solig‘idan ozod qilinadi.

Shuningdek, ipakchilik faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 70 foizini tashkil etgan ipakchilik korxonalari uchun foyda solig‘i 2 foiz miqdorida belgilanadi.

Bundan tashqari, ipak mato va ipakdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz stavkada belgilanishi nazarda tutilgan.

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan 2029 yil 1 yanvarga qadar ipak qurti urug‘larini tayyorlash va qurtxonalarda pilla yetishtirish bo‘yicha mavsumiy ishlarga jalb qilingan aholining ushbu faoliyatdan olgan daromadi daromad solig‘i va ijtimoiy soliqning soliqqa tortish obekti sifatida hisoblanmaydi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version