Sport

«Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeyev Superligada yil futbolchisi bo‘ldi

Published

on


Shuningdek, 32 yoshli futbolchi to‘purarlar bahsida ham g‘alaba qozondi.

Toshkentning «Paxtakor» klubi hujumchisi Igor Sergeyev Superligada 2025 yil futbolchisi deb topildi.

32 yoshli futbolchi toshkentliklar safida 29 o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va kumush medallarning qo‘lga kiritilishiga salmoqli hissa qo‘shdi. Sergeyev bu ko‘rsatkich bilan Superliga to‘purari sovriniga ham ega chiqdi.

Igor Sergeyev yil futbolchisi sovrini uchun kurashda «So‘g‘diyona» hujumchisi Lyupcho Doriyev va «Neftchi» yarimhimoyachisi Jamshid Iskanderovni ortda qoldirdi.

«Bu sovrinni qo‘lga kiritganimdan xursandman. Har qanday futbolchi bunday sovrindan xursand bo‘lsa kerak. Ochig‘i nomzodlar orasida bo‘lishim va yakunda g‘olib chiqishimni kutmagan edim. Juda hayajondaman», deb izohladi Sergeyev nominatsiyadagi g‘alabasini.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version