Jamiyat
Pastdarg‘omda hokim o‘zgardi
Bugun Pastdarg‘om tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Sh.Rahmonov o‘z arizasiga binoan tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.
Shu paytgacha tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan Pardayev Jamshid Arziyevich Pastdarg‘om tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Avvalroq Oqdaryo tumaniga yangi hokim tayinlangandi.