Jamiyat
Palov narxlari tahlili: Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir kilogramm palovning hududlar kesimida hisoblangan qiymatlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi (2025 yil dekabr oyi uchun):
Qoraqalpog‘iston R. – 97 727 so‘m
Andijon viloyati – 105 336 so‘m
Buxoro viloyati – 107 175 so‘m
Jizzax viloyati – 109 017 so‘m
Qashqadaryo viloyati – 111 093 so‘m
Navoiy viloyati – 109 169 so‘m
Namangan viloyati – 108 030 so‘m
Samarqand viloyati – 112 222 so‘m
Surxondaryo viloyati – 111 002 so‘m
Sirdaryo viloyati – 103 696 so‘m
Toshkent viloyati – 111 857 so‘m
Farg‘ona viloyati – 114 890 so‘m
Xorazm viloyati – 106 527 so‘m
Toshkent shahri – 115 491 so‘m
*Raqamlar yaxlitlangan
Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:
kungaboqar yog‘i — 0,3 l
piyoz — 300 gr
mol go‘shti — 700 gr
sabzi — 1 kg
guruch — 1 kg
no‘xat — 100 gr
zira — 10 gr
osh tuzi — 20 gr
Eslatma: yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanadi.