Siyosat
Oʻzbekiston Moʻgʻulistondagi istiqbolli uran konlarini kashf etadi
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonning istiqbolli uran konlarida geologik qidiruv ishlarini boshlashni rejalashtirmoqda, aprel oyida esa ikki davlat o‘rtasida strategik shartnoma imzolanishi va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Kon va geologiya vazirligidan ma’lum qilishlaricha, “Navoiyulan” davlat kompaniyasi va “O‘zbekiston Overseas geologiya” kompaniyasi delegatsiyasi Mo‘g‘ulistonda xizmat safari bilan bo‘lib, “Mon Atom” davlat kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvda tomonlar 2026-yilda Mo‘g‘ulistonning istiqbolli uran konlarida geologik qidiruv ishlarini olib borish rejalarini muhokama qildilar.
Muzokaralar chog‘ida uranni qidirish bo‘yicha hamkorlik va rejalashtirilgan ishlar uchun zarur texnik va huquqiy bazani tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan hukumatlararo konferensiyada ikki davlat strategik kelishuv imzolashi kutilmoqda. Bitimga nafaqat ikki davlat tashkilotlari, balki konchilik va geologiyaga mas’ul tegishli vazirliklar ham jalb etiladi.
Rejalashtirilgan asosda O’zbekiston Overseas Geologiya kompaniyasi va Mon Atom o’rtasida xizmat ko’rsatish shartnomasi tuziladi. Tomonlar, shuningdek, aniqlangan uran konlari bo‘yicha geologik va ekologik loyiha hujjatlarini tayyorlaydi va qidiruv ishlariga litsenziya olish uchun vakolatli Mo‘g‘uliston organlariga zarur materiallarni taqdim etadi.
Litsenziya berilgandan so‘ng Mo‘g‘ulistonda faoliyat yurituvchi burg‘ulash va geofizika kompaniyalari bilan qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha muzokaralar olib boriladi.
Dastlabki loyiha hujjatlariga ko’ra, birinchi bosqich belgilangan maydon bo’ylab taxminan 60 000 chiziqli metrni qamrab olgan keng qamrovli qazish ishlarini o’z ichiga oladi. Ushbu tadbirlar natijalari konning potentsial zaxiralarini baholash va geologiya-qidiruv ishlarining keyingi bosqichi dasturini takomillashtirish uchun foydalaniladi.
Rasmiy roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, “Oʻzbekiston Overseas Geological Company” 2025-yil fevralida Oʻzbekistonning ustav kapitali 12,97 milliard iyen boʻlgan holda roʻyxatga olingan.
Kompaniya boshqa toifalarga kirmaydigan konchilik faoliyatiga ixtisoslashgan. Taʼsischilar “Oʻzbekiston geologiya-qidiruv” AJ va “Oʻzbekgeofizika” AJ boʻlib, ularning har biri 50 foizdan ulushga ega.
Siyosat
O‘zbekiston va Albaniya yetakchilari o‘zaro muzokara o‘tkazdilar
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.
Ikki davlat o‘rtasida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari O‘zbekiston va Albaniya munosabatlari tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu sammit alohida ahamiyatga ega ekanini, uning ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishini qayd etdi.
Siyosiy muloqot va turli darajadagi aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida tomonlar bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Tovar ayirboshlashni kengaytirishga, agrosanoat majmui, “yashil” energetika, geologiya, axborot texnologiyalari va raqamlashtirish, turizm hamda boshqa muhim sohalarda keng ko‘lamli kooperatsiya dasturini tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston mahsulotlarini Janubiy Yevropa va O‘rta yer dengizi bozorlariga chiqarishda logistika xabi sifatida Albaniyaning Durres portidan foydalanish imkoniyatlari o‘rganiladi.
Iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Hamkorlikning iqtisodiy kun tartibini ilgari surish maqsadida Hukumatlararo komissiyani tashkil etish va uning birinchi yig‘ilishini joriy yilda Toshkent shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.
Madaniy-gumanitar sohada tomonlar o‘zaro Madaniyat kunlari, kino namoyishlari, ko‘rgazma va ijodiy safarlarni tashkil etish muhimligini ta’kidladilar.
Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekdilar.
Ushbu marosim ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuv mustahkamlanib borayotgani, O‘zbekiston – Albaniya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishda yangi bosqich boshlanganining ramzi bo‘ldi.
Siyosat
O‘zbekistonda AQSh bilan yirik investitsiya loyihalari amaliy bosqichga o‘tadi
Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Eksimbanki prezidenti va raisi Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi («DFC») bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida amerikalik mehmonlar davlatimiz rahbariga AQSh Prezidenti Donald Trampning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. Tomonlar iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Muzokaralarda AQShning yetakchi moliyaviy institutlari ishtirokida infratuzilmani rivojlantirish, muhim minerallarni o‘zlashtirish, energetika, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish sohalaridagi strategik loyihalarni moliyalashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda «Eksimbank» bilan energetika tarmog‘ini modernizatsiya qilishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, mahalliy tadbirkorlarning ustuvor sohalardagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida eksport kreditlari mexanizmlarini yanada kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
«DFC» korporatsiyasining sog‘liqni saqlash sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish, energetika tizimi va infratuzilmani modernizatsiya qilish uchun qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirish bo‘yicha takliflari ham qo‘llab-quvvatlandi.
Tomonlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun investitsiya va texnologiyalarga asoslangan loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish zarurligini ta’kidladi. Jumladan, Toshkent shahrida yangi xalqaro aeroport qurish, Farg‘ona viloyatida zamonaviy tibbiyot majmuasini tashkil etish, raqamli bankni ishga tushirish, data-markazlar va quruq portlar barpo etish loyihalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan investitsiyaviy va texnologik loyihalarni ilgari surish maqsadida qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi.
Siyosat
O‘zbekiston va Albaniya birinchi xonimlari uchrashdi
Albaniya Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva hamda Albaniya Respublikasi Birinchi xonimi Armanda Begayning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining rafiqalari O‘zbekiston va Albaniya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Madaniy dastur davomida oliy martabali mehmon o‘zbek amaliy san’ati ustalarining ijod namunalari, jumladan, yog‘och o‘ymakorligi, qadimiy so‘zana kashtachiligi texnikasi hamda an’anaviy kulolchilik buyumlari bilan tanishdi.
Dasturning yorqin lahzalaridan biri an’anaviy o‘zbek liboslari namoyishi, shuningdek, mamlakatimizning turli hududlariga xos jihatlarni aks ettirgan «Kelin salom» marosimi taqdimoti bo‘ldi. Oliy martabali mehmon o‘zbek xalqining milliy an’ana va urf-odatlariga samimiy qiziqish bildirib, ularning chuqur tarixiy ildizlari, go‘zalligi va betakrorligini alohida ta’kidladi.
Siyosat
Prezident Ozarbayjon va Belarus bosh vazirlarini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadovni qabul qildi.
Uchrashuvda Ozarbayjonning “PASHA Holding”, “Neqsol Holding”, “AzerGold” kompaniyalari hamda Ozarbayjon Xalqaro banki rahbarlari ham ishtirok etdilar.
Suhbat avvalida Ali Asadov davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Mamlakatimiz yetakchisi, o‘z navbatida, Ozarbayjon xalqini kuni kecha bo‘lib o‘tgan bayram – Milliy najot kuni munosabati bilan tabrikladi.
O‘zbekiston – Ozarbayjon do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Barcha darajalardagi faol aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 40 foizga oshdi. Qurilish, energetika, tog‘-kon sanoati, geologiya, logistika, turizm va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Ikki mamlakat hukumatlari bo‘lajak oliy darajadagi sammitning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlashi muhimligi ta’kidlandi.
Bunda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va Hududlar forumi natijador o‘tishini ta’minlash zarurligi qayd etildi.
Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Bosh vaziri Aleksandr Turchinni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston – Belarus ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik nuqtai nazaridan ko‘rib chiqildi.
Joriy yil may oyida Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tovar ayirboshlash hajmi joriy yil boshidan buyon 32 foizga ortib, barqaror o‘sib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, madaniy-gumanitar va hududlararo aloqalarni faollashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rish muhim ekani ta’kidlandi.
Siyosat
Qirg‘iziston va Tojikiston bosh vazirlari Toshkentda qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Kasimaliyevni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasida savdo-iqtisodiyot, transport, suv-energetika sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, madaniy-gumanitar dasturlar va hududlararo almashinuvlarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zaro hamkorlik va bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar kun tartibini boyitish maqsadida Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlari davomida hamda boshqa sheriklik mexanizmlari doirasida yangi loyiha va tashabbuslarni ishlab chiqish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston – Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Ikki tomonlama sheriklikning barcha yo‘nalishlaridagi yuqori sur’at mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi o‘sib bormoqda, energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi kooperatsiya loyihalari faol bosqichda.
Yangi tashabbuslarni, jumladan, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar doirasida ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.
-
Siyosat3 days ago
«Ushbu masalani shaxsan nazoratimga oldim» — Saida Mirziyoyeva giyohvandlikka qarshi kurash haqida
-
Mahalliy3 days ago
my.gov.uz — 35 yilda odamlarning vaqtini qaytarib berdi!
-
Jamiyat3 days agoFarg‘onada “Lasetti” qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekiston qaysi davlatlarga gilam eksport qilmoqda?
-
Jamiyat5 days ago16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi
-
Sport2 days agoEron Amerikaga bordi, Osiyo Yevropaning ta’zirini berayotir – JCh kundaligi
-
Sport4 days agoJCh-2026. Osiyoning ikki jamoasi Yevropa vakillariga qarshi maydonga tushadi
-
Mahalliy3 days ago
Quyoshda turgan suvning ta’mi emas, tarkibi o‘zgaradi… bu esa juda xavfli
