Iqtisodiyot
«O‘zmilliybank» «Aydarko‘l Resort» turistik kompleksini savdoga chiqardi
«O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ Jizzax viloyati Forish tumanidagi Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududida joylashgan «Aydarko‘l Resort» turistik kompleksini savdoga qo‘ymoqda.
Turistik kompleksda mehmonlarni joylashtirish uchun 610 ta joy mavjud:
⦁ ikki qavatli mehmonxona (sanatoriy): 200 joyga mo‘ljallangan 100 ta xona. Bino umumiy maydoni 6 638 m2;
⦁ bir qavatli mehmonxona (xostel): 300 ta joy (2 ta odamga mo‘ljallangan 50 ta xona, 4 ta odamga 25 ta xona va 8 ta odamga 12 ta xona);
⦁ kapsula uychalar 100 joyga mo‘ljallangan 40 dona.
Sanatoriy bo‘limi fizioterapiya, shu jumladan loy bilan davolashga ixtisoslashtirilgan va Buyuk Britaniyaning «BTL Medical Technologies» zamonaviy tibbiy uskunalari bilan jixozlangan.
Shuningdek, turistik kompleks o‘z ichiga:
⦁ 500 avtomobil uchun turar-joy;
⦁ 25×12 m o‘lchamidagi ochiq suzish havzasi;
⦁ mini-futbol, basketbol, vorkaut uchun sport maydonchalari;
⦁ bolalar o‘yin maydonchasi;
⦁ 5 Ga maydonda plyaj (gazebo, yotoq joylar, zontlar bilan);
⦁ karting;
⦁ kvadrotsikllar;
⦁ kater;
⦁ motor qayiqlar;
⦁ 2 ming dona daraxt va butalar bilan obodonlashtirilgan maydonni oladi.
To‘lov shartlari: sotuv bahosidan 30%li avans, qolgan 70% oldi-sotdi shartnomasi imzolangan kundan boshlab, 3 oy ichida.
Hamkorlik shartlari: Zarur hollarda investor «O‘zmilliybank»dan mulk qiymatining 70 foizini qoplash uchun kredit olishi mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot olish yoki uchrashuv tashkil etish uchun «NBU Invest Group» AJga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent sh., Mirobod tumani, 95 Ya. G‘ulomov ko‘chasi (8-qavat).
Telefon: +998 78 148-26-58.
E-mail: info@nbuig.uz