Iqtisodiyot

«O‘zbekneftgaz» AQShning Cargill korporatsiyasidan 3 mlrd dollargacha mablag‘ jalb etadi

Published

on


«O‘zbekneftgaz»ning shu’ba korxonasi UNG Overseas va Amerikaning Cargill kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Hujjatda O‘zbekiston energetika xavfsizligini mustahkamlash uchun 3 mlrd dollargacha uzoq muddatli moliyalashtirish ko‘zda tutilgan.

«O‘zbekneftgaz»ning xalqaro savdo-investitsiya bo‘yicha shu’ba kompaniyasi UNG Overseas va AQShning Cargill korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Hujjatga ko‘ra, tomonlar 3 milliard dollargacha uzoq muddatli moliyalashtirishni jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Moliyalashtirish hajmi bosqichma-bosqich 5 mlrd dollargacha kengaytirilishi mumkin.

Qayd etilishicha, hamkorlikning asosiy maqsadi O‘zbekistonning energetik xavfsizligini mustahkamlash, resurs barqarorligini oshirish va mamlakatning izchil rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Mazkur kelishuv mamlakatning o‘sib borayotgan energiya iste’moli, iqlimiy o‘zgarishlar va sanoat modernizatsiyasi sharoitida energetika, suv xo‘jaligi va ekologiya kabi asosiy tizimlarning ishonchliligi, samaradorligi va barqarorligini rivojlantirishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Tomonlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqadi:


aholi va sanoat uchun energetika ta’minoti;
tizimli xatarlarni kamaytirish va infratuzilmani modernizatsiya qilish;
energetik va suv resurslarini boshqarishda samaradorlikni oshirish;
ekologik muvozanatni ta’minlash;
sanoat raqobatbardoshligi va energiya mustaqilligini ta’minlash.

UNG Overseas xalqaro sheriklar bilan strategik ishlarni muvofiqlashtiradi, Cargill esa tizimlashtirilgan moliyalash bo‘yicha global ekspertiza asosida amaliy yechimlar taqdim etadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version