Iqtisodiyot

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 72 mlrd dollardan oshdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 72,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.

Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 mlrd AQSh dollariga yoki 21,8 foizga oshgan.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida hamon import ustun bo‘lib turibdi:


Eksport — 30,9 mlrd (+26,2 foiz)
Import — 41,9 mlrd (+18,7 foiz) AQSh dollarini tashkil etdi.

O‘zbekiston jahonning 210 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

Mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (20,1 foiz), Rossiya (16,2 foiz), Qozog‘iston (6 foiz), Turkiya (3,7 foiz) va Koreya Respublikasi (2,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version