Iqtisodiyot

O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi

Published

on


O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari may oyida 307 mln dollarga kamayib, 1 iyun holatiga 70,58 mlrd dollarni tashkil etdi. O‘tgan oy davomida zaxiralarning valuta qismi 1,4 mlrd dollarga qisqardi. Oltin qismining fizik hajmi taxminan 9 tonnaga oshgan bo‘lsa-da, qiymati 156 mln dollarga kamaydi.  

O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari may oyida 307,3 mln dollarga kamayib, 1 iyun holatiga 70,58 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank taqdim etgan hisobotda keltirib o‘tilgan.

O‘tgan oy davomida zaxiralarning valuta qismi 1,4 mlrd dollarga, oltin qismining qiymati 156 mln dollarga qisqardi. O‘z navbatida zaxiralar tarkibida oltinning fizik hajmi 13,3 mln troya unsiyadan 13,6 mln troya unsiyaga yetgan.

Regulyator investitsiya kiritgan qimmatli qog‘ozlar portfeli esa keskin oshib, 1,5 mlrd dollardan 2,8 mlrd dollargacha ko‘paygan.

«O‘zbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari hajmi 2026-yil may oyida 307,3 mln dollarga kamaydi. Xususan, oy davomida oltin narxining  4625,80 dollardan 4516,85 dollargacha tushishining ta’siri 1,5 mlrd dollarni tashkil etdi», deyiladi MB izohida.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version