Jamiyat
O‘zbekistonning MO davlatlari bilan savdo aloqasi 15 foizdan ko‘proqqa oshgan – tahlil
2025-yilda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmi 8,3 mlrd dollarga yetdi (2024-yilga nisbatan 15,2 foizga oshgan). Bu umumiy tashqi savdo hajmining 10,2 foizini tashkil etadi.
Bunda:
Eksport hajmi 3,1 mlrd. AQSh dollari (13,7 foizga oshgan);
Import hajmi 5,1 mlrd. AQSh dollari (15,2 foizga oshgan).
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasidagi eng katta ulushi Qozog‘iston hissasiga – 60 foiz.
Qolgan qismi:
Turkmaniston – 15 foiz;
Qirg‘iziston – 14 f foiz;
Tojikiston – 11 foiz, hissasiga to‘g‘ri keladi.