Siyosat

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi tuzilmasiga qo‘shimcha maslahatchi-elchi lavozimi kiritiladi

Published

on


Tashqi siyosiy va davlat tashabbuslarini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida 2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi tuzilmasiga qo‘shimcha maslahatchi-elchi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimi kiritiladi.

Prezidentning tegishli farmonida belgilanishicha:


maslahatchi-elchi lavozimiga tayinlash va undan ozod etish, shuningdek, faoliyati reglamentini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi;
maslahatchi-elchi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga hisobdor va O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari faoliyatini ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish qismida qo‘llab-quvvatlashga mas’ul hisoblanadi.

Shuningdek, hujjat bilan maslahatchi-elchi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilmoqda:


O‘zbekiston va AQShda yirik va strategik investitsiya va savdo loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashabbus ko‘rsatish va muhokama qilish;
O‘zbekiston tomonidan Kengash ishini kompleks muvofiqlashtirish.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version