Jamiyat

O‘zbekistonliklar uy-joy qurishga 8 oyda 35 trln so‘mdan oshiq pul sarfladi

Published

on


O‘zbekistonda shaxsiy uy-joy qurishga sarflanadigan mablag‘lar miqdori oshib bormoqda. 8 oyda 35,4 trln so‘mlik shaxsiy uy-joylar qurilgan. 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda 35,4 trln so‘mlik yakka tartibdagi uy-joy qurish ishlari bajarilgan. 

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 13,3 foizga oshgan.

Shuningdek, barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish bo‘yicha bajarilgan ishlar ulushi 18,8% ni tashkil etdi.

Avvalroq Milliy statistika qo‘mitasi 2025-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda 19,7 trln so‘mlik ichimliklar ishlab chiqarilgani haqida xabar bergan. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version