Jamiyat
O‘zbekistonliklar sartaroshxona va go‘zallik salonlariga 10 trln so‘mdan ko‘proq pul sarfladi
Jamiyat | 13:17
535
2 daqiqa o‘qiladi
2025 yilning 10 oyida o‘zbekistonliklar sartaroshxona va go‘zallik salonlariga 10,3 trln so‘m sarfladi. Bu borada eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri (1 trln 719,4 mlrd so‘m), Farg‘ona (1 trln 411,7 mlrd so‘m) va Samarqand viloyatlarida (1 trln 303,8 mlrd so‘m) qayd etilgan.
2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida o‘zbekistonliklar sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlari uchun 10,3 trln so‘m sarflagan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11 foizga oshgan.
Hududlar kesimida sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlari hajmi quyidagicha bo‘lgan:
Toshkent shahri — 1 trln 719,4 mlrd so‘m;
Farg‘ona viloyati — 1 trln 411,7 mlrd so‘m;
Samarqand viloyati — 1 trln 303,8 mlrd so‘m;
Namangan viloyati — 1 trln 136,1 mlrd so‘m;
Toshkent viloyati — 1 trln 46,9 mlrd so‘m;
Andijon viloyati — 658,2 mlrd so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 632,7 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati — 506,9 mlrd so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 488,3 mlrd so‘m;
Surxondaryo viloyati — 361,6 mlrd so‘m;
Buxoro viloyati — 339,1 mlrd so‘m;
Navoiy viloyati — 329,3 mlrd so‘m;
Jizzax viloyati — 222,2 mlrd so‘m;
Sirdaryo viloyati — 140,5 mlrd so‘m.