Jamiyat

O‘zbekistonliklar qaysi mamlakatlarga ko‘p safar qilayotgani ma’lum bo‘ldi

Published

on


2025-yilning yanvar–avgust oylarida qariyb 5,2 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qildi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 1,1 mln nafarga yoki 26,8 foizga oshgan.

Joriy yilning 8 oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p safar qilgan mamlakatlar (top-10):


Qirg‘iziston — 2,3 mln nafar;
Qozog‘iston — 956 ming nafar;
Tojikiston — 887,9 ming nafar;
Rossiya — 312,7 ming nafar;
Turkiya — 181,7 ming nafar;
Saudiya Arabistoni — 165,7 ming nafar;
BAA — 94,2 ming nafar;
Misr — 45,4 ming nafar;
Vetnam — 28,5 ming nafar;
Xitoy — 27,6 ming nafar;
Boshqa davlatlar — 162,4 ming nafar.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version