Jamiyat
O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida necha kun dam oladi?
O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida necha kun dam olishi aniq bo‘ldi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 1-sentyabr – Mustaqillik bayrami munosabati bilan:
– besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uch kun dam oladi: 30-avgust (shanba), 31-avgust (yakshanba) va 1-sentyabr (bayram kuni);
– olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 2 kun – 31-avgust va 1-sentyabrda dam olishadi.
Qo‘shimcha dam olish kunlari ham, ko‘chirishlar ham bo‘lmaydi.