Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklar go‘sht va sut narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti

Published

on


Daromadlari 2 mln so‘mdan 4 mln so‘mgacha bo‘lgan aholi qatlami eng kam – 10,5 foizlik inflatsiyani sezgan bo‘lsa, 30 mln so‘mdan ko‘proq daromad topuvchilar oxirgi 12 oyda narx-navo 14,7 foizga oshdi deb hisoblayapti. Sezilgan inflatsiya Qashqadaryo viloyatida eng yuqori – 12,9 foizni tashkil etgan.

2026 yil aprel oyida O‘zbekiston aholisi sezgan yillik inflatsiya darajasi mart oyiga nisbatan o‘zgarishsiz qolib, 11,6 foizni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

So‘rovnomada qariyb 3500 nafar respondent ishtirok etgan. Ular bergan javoblarga qaraganda, sezilgan inflatsiya Qashqadaryo viloyatida eng yuqori – 12,9 foizni, Surxondaryo viloyatida 12,4 foizni, Toshkent viloyatida 12,1 foizni tashkil etgan.

Farg‘onaliklar esa narx-navo oshishini hammadan ham kamroq sezishgan – 9,5 foiz. Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchilar 10 foiz, Xorazm viloyati aholisi 10,1 foizlik inflatsiyani his etishgan.

Aprel oyida aholi tomonidan narxlarida yuqori o‘sish kuzatilgan asosiy tovar va xizmatlar quyidagilar: go‘sht va sut, benzin va yoqilg‘i, meva va sabzavotlar, elektr va tabiiy gaz, dorilar, shuningdek, qurilish mollari narxlari.

Daromadlari 2 mln so‘mdan 4 mln so‘mgacha bo‘lgan aholi qatlami eng kam – 10,5 foizlik inflatsiyani sezgan bo‘lsa, 30 mln so‘mdan ko‘proq daromad topuvchilar oxirgi 12 oyda narx-navo 14,7 foizdan ko‘proqqa oshdi deb hisoblayapti.

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version