Sport
o‘zbekistonlik yosh dzyudochilar musobaqani 1-o‘rinda yakunladi
Bolgariyada o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha kadetlar jahon chempionatida O‘zbekiston vakillari 5 ta oltin va 2 ta bronza medallarini jamg‘ardi va 71 davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Oltin medal:
Dilafruz Boltaboyeva (-40 kg)
Xushnud Sultonov (-50 kg)
Xushnudbek Burhonov (-55 kg)
Inomjon Bahodirov (-81 kg)
Umida Nig‘matova (+78 kg)
Bronza medal:
Dilshod Karimov (-60 kg)
Sa’dulla Ravshanov (-73 kg)
IJF bayrog‘i ostida qatnashgan rossiyalik dzyudochilar 4 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan ikkinchi, Braziliya terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan uchinchi o‘rinlarni band qilishdi.
Shuningdek, aralash jamoaviy bahslarda ilk marta finalga yetib borgan O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi kumush medalni qo‘lga kiritdi. Dzyudochilarimiz murosasiz o‘tgan finalda Yaponiyaga mag‘lub bo‘lishdi.