Sport

O‘zbekistonlik o‘smirlar Paragvayni mag‘lub etdi

Published

on


O‘zbekiston o‘smirlari JChda Paragvayni mag‘lub etdi. 

Bugun, 5-noyabr kuni Qatarning Doha shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida Islombek Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ilk o‘yinda Paragvayni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Ushbu uchrashuvda Azizbek Abdumo‘minov 2 marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa,raqib jamoadan Alan Ledesma penaltidan gol urib hisobni qisqartirdi.

Endilikda Irlandiya – O‘zbekiston uchrashuvi 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tsa, O‘zbekiston – Panama o‘rtasidagi o‘yin 11 noyabr kuni o‘tkaziladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version