Jamiyat

Özbekistonlik öqituvçi ekologik taşabbusi bilan 94 davlat içida ğolib böldi

Published

on


Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi namanganlik tarix fani öqituvçisi Abrorjon Sadriddinovni çiqindilarni saralaş madaniyatini keng tarğib etiş, yoşlarda ekologik masʼuliyatni şakllantirişga qaratilgan taşabbusi xalqaro miqyosda eʼtirof etilgani bilan tabrikladi.

“Ustozning oddiy kuzatuvdan boşlangan taşabbusi bugun 25 maktab va 25 ming nafar iştirokçini qamrab olgan yirik ekologik loyihaga aylangani alohida tahsinga sazovor. Ayniqsa, mazkur loyihaning Italiyaning Turin şahridagi xalqaro tanlovda 94 davlatdan 369 nomzod orasidan ğolib deb topilgani quvonarlidir.

Abrorjon Sadriddinovning taşabbusi nafaqat öquvçilar, balki butun jamiyat uçun ibratli tajriba bölib, har bir insonning kiçik harakati ham katta ekologik özgarişlarga turtki bölişi mumkinligini körsatadi. Bu natija taʼlim muassasalarida ekologik madaniyatni yuksaltiriş, çiqindilarni töğri saralaş könikmalarini şakllantiriş va yoş avlodni atrof-muhitga masʼuliyat bilan munosabatda bölişga örgatiş naqadar muhim ekanini yana bir bor isbotladi.

Abrorjon Sadriddinovning kelgusi faoliyatida yangidan-yangi yutuqlar, ezgu taşabbuslar va yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz”, – deyiladi Aziz Abduhakimov boşçiligidagi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi jamoasi tomonidan yöllangan tabrikda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version