Jamiyat
O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari: qayerda va qancha?
Ayni paytda xorij davlatlarida mehnat muhojirligida yurganlar O‘zbekiston fuqarolari soni 2,1 mln kishini (shundan 1,6 mln nafari erkaklar, 607,5 ming nafari xotin-qizlar, 590 ming nafari esa yoshlar) tashkil etadi.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi ma’lum qildi.
Mehnat muhojirlari hududlar kesimida:
Rossiyada – 1 163,8 ming (53 foiz);
Qozog‘istonda – 522,5 ming (24 foiz);
Turkiyada – 168,3 ming (8 foiz);
Koreyada – 74,5 ming (3,4 foiz);
Va boshqa davlatlarda – 182,6 ming (8,4 foiz).
Xorijdagi o‘zbekistonliklar 2025-yilning 5 oy davomida 6,4 mlrd dollar miqdorida pul o‘tkazmalarini amalga oshirgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yil shu davriga nisbatan 1,3 mlrd dollar yoki 27 foizga oshgan (2024 yil 5 oyida 5 mlrd dollar).
Shuningdek, 2025-yilning 5 oy davomida xorijdagi 84,9 ming vatandoshga Agentlik vakolatxonalari tomonidan axborot-maslahat, huquqiy, ijtimoiy va moddiy yordamlar xizmatlari ko‘rsatildi.
Reintegratsiya tadbirlarida esa 211,4 ming nafar vatandosh O‘zbekistonga qaytarib kelingan. Shundan Rossiyadan – 116,8 ming, Qozog‘istondan – 46,4 ming, Turkiyadan – 13 ming, Koreyadan – 2,8 ming va boshqa davlatlardan – 32,3 ming nafar.