Jamiyat

O‘zbekistonlik ishchi Rossiyadagi qurilish obektida halok bo‘ldi

Published

on


Rossiyaning Arxangelsk shahrida 22 yoshli o‘zbekistonlik qurilish obektining 5-qavatidan tushib ketib, halok bo‘ldi. Mahalliy rasmiylar ishchi qurilish asboblarini tashiyotgan paytda muvozanatni yo‘qotib, beton plitaga qulaganini xabar qilgan.

Foto: Rossiya Davlat mehnat inspeksiyasi

Rossiyaning Arxangelsk shahrida O‘zbekiston fuqarosi qurilish obektining 5-qavatidan tushib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi xabar qildi.

Konsulxona Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Arxangelsk oblastidagi vakolatxonasiga nota yuborib, holat bo‘yicha ma’lumot olgan.

Qayd etilishicha, halokat 1 oktyabr kuni ro‘y bergan, uning qurboni – 2003 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan N.S.

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ishchi qurilayotgan binoning tashqi tomonidan qurilish asboblarini 5-qavatdan 6-qavatga ko‘tarayotgan bo‘lgan. U muvozanatini yo‘qotib, 5-qavatdan beton plitaga qulagan», – deyiladi Rossiya Davlat mehnat inspeksiyasi xabarida.

Holat yuzasidan Arxangelsk shahri Solombal okrugi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 216-moddasi 2-qismi bilan (Qurilish yoki boshqa ishlarni bajarishda xavfsizlik qoidalarini buzish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version