Sport
O‘zbekistonlik bokschilar “Stranja-2026” musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
To‘rt nafar vakilimiz kumush, 6 nafari esa bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha an’anaviy “Stranja” turniri yakunlandi.
Musobaqaning final bahslarida o‘zbekistonlik 11 nafar bokschi ringga chiqdi.
Yakunda 7 nafar bokschimiz g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. To‘rt nafar vakilimiz musobaqani kumush, 6 nafari esa bronza medallari bilan yakunladi.
O‘zbekistonlik bokschilarning finaldagi natijalari:
-48 kg: Sabina Boboqulova – Anna Oxota (Ukraina) 5:0
-57 kg: Nigina O‘ktamova – Mixayela Valsh (Irlandiya) 3:2
-65 kg: Navbahor Hamidova – Laura Yessenkeldi (Qozog‘iston) 5:0
-75 kg: Aziza Zokirova – Emma Suye Greyentreye (Avstraliya) 5:0
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva – Valeriya Axenova (Qozog‘iston) 0:5
-51 kg: Feruza Kazakova – Zlatislava Chukanova (Bolgariya) – Kazakova jarohat sabab ringga chiqmadi
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev – Rami Kivan (Bolgariya) – 5:0
-80 kg: Javohir Ummataliyev – Pavlo Illiusha (Ukraina) 2:3
-85 kg: Akmaljon Isroilov – Matvii Rajba (Ukraina) 5:0
-90 kg: To‘rabek Xabibullayev – Bogdan Tolmachov (Ukraina) 5:0
+90 kg: Ozodbek Aliyev – Damar Tomas (Angliya) 0:5.