Sport

O‘zbekistonlik besh shaxmatchi FIDE top-100 reytingiga kirdi

Published

on


O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning 2025-yil iyul oyi reytingida 7-o‘rinni band etdi. Uning hisobida 2771 ball bor.

FIDE reytingida hamon Magnus Karlsen yetakchi — 2839 ball. Shuningdek, Hikaru Nakamura (2807) va Fabiano Karuana (2784) — kuchli uchlikda.

Amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju — oltinchi o‘rinda (2776).

Dunyoning eng kuchli shaxmatchilari reytingi (top-100)ga jami 5 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi kirdi:


7-o‘rin — Nodirbek Abdusattorov (2771)
25-o‘rin — Javohir Sindarov (2722)
48-o‘rin — Rustam Qosimjonov (2675)
59-o‘rin — Nodirbek Yoqubboyev (2663)
76-o‘rin — Shamsiddin Vahobov (2650).



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version