Sport
O‘zbekistonlik 8 nafar bokschi jahon chempionati yarim finaliga chiqdi
Olti nafar bokschi chorak finalda mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi. Yarim final bahslari 12 sentabr kuni o‘tkaziladi.
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorak final bahslarida O‘zbekiston terma jamoasining 8 nafar vakili g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.
Yarim final bahslari 12 sentabr kuni o‘tkaziladi va unda quyidagi bokschilarimiz ringga ko‘tariladi:
Ayollar
51 kg: Feruza Kazakova – Buse Naz Chakiroglu
65 kg: Navbahor Hamidova – Niyen-Chin CheN
Erkaklar
60 kg: Abdumalik Xalokov – Syunsuke Kitamoto
65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Lasha Guruli
75 kg: Fazliddin Erkinboyev – Saidjamshid Jafarov
80 kg: Javohir Ummataliyev – Gabriel Veochich
90 kg: To‘rabek Habibullayev – Enmanuel Reyyes Pla
+90 kg: Jahongir Zokirov – Danabike Bayikevuzi
Nigina O‘ktamova, Sitora Turdibekova, Oltinoy Sotimbayeva, Humorabonu Mamajonova, Mirazizbek Mirzaxalilov, Shavkatjon Boltayevlar chorak finalda mag‘lub bo‘lishdi va musobaqani tark etishdi.