Iqtisodiyot
O‘zbekistonga ikki oyda 900 mingdan ortiq telefon import qilindi
O‘zbekistonga 2026-yilning yanvar–fevral oylarida 13 ta xorijiy davlatdan jami 909 951 dona qurilma olib kirilgan, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, ushbu importning umumiy qiymati 175,4 million AQSh dollarini tashkil etgan. Import hajmi 2025-yilning shu davriga nisbatan 357,4 ming donaga yoki 64,7 foizga oshgan.
Jumladan, import tarkibida asosiy ulushni Xitoy egallamoqda. Ushbu davlatdan 704 353 dona mobil telefon olib kirilgan. Shuningdek, Vetnamdan 183 996 dona, Hindistondan 12 572 dona qurilma import qilingan.
Koreya Respublikasi 4 924 dona, Qirg‘iz Respublikasi 1 923 dona, Indoneziya esa 1 582 dona telefon yetkazib bergan. Qolgan 601 dona qurilma boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.