Jamiyat
O‘zbekistondan xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni kamaydi
2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistondan xorijiy davlatlarga 2 277 nafar fuqaro doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketgan. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 foizga kamaygan.
Xorijga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston va Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan. Jumladan, ko‘chib ketganlarning 80,6 foizi Qozog‘istonga, 16,4 foizi Rossiyaga yo‘l olgan. Shuningdek, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston va boshqa davlatlarga ketganlar ham qayd etilgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p ko‘chib ketish holati Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 727 nafar, Toshkent viloyatida — 637 nafar va Navoiy viloyatida — 511 nafarni tashkil etgan.
Eng past ko‘rsatkichlar esa Qashqadaryo viloyatida — 5 nafar va Surxondaryo viloyatida — 3 nafar bo‘lgan.