Iqtisodiyot
O‘zbekistondagi korxonalarning har uchinchisi savdo sohasida faoliyat yuritmoqda
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 2025-yilning 1-yanvar holatiga 474,9 mingtaga yetdi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni quyidagicha:
Savdo sohasida — 153 370 ta
Sanoat sohasida — 59 520 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida — 34 881 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida — 30 374 ta
Qurilish sohasida — 30 343 ta
Tashish va saqlash sohasida — 17 245 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida — 14 283 ta
Axborot va aloqa sohasida — 11 901 ta
Boshqa sohalarda — 122 982 ta
Statqo‘m avvalroq bergan xabarga ko‘ra, 474,9 mingta korxona va tashkilotning 403,8 mingtasi yoki 85 foizi — kichik korxona va mikrofirmalar.
Korxona va tashkilotlar eng ko‘p faoliyat yuritayotgan hududlar: Toshkent shahri (108 678 ta), Toshkent (46 479), Samarqand (41 091), Farg‘ona (37 846) va Qashqadaryo (30 424) viloyatlari.