Jamiyat

O‘zbekistondagi barcha masjidlarda yomg‘ir so‘rab, «istisqo» namozi o‘qiladi

Published

on


O‘zbekistonda kuz fasli yomg‘irsiz o‘tayotgani, kelgusi kunlarda ham yog‘ingarchilik kutilmayotgani tufayli muftiy tashabbusi bilan, 28 noyabr kuni juma namozidan keyin – O‘zbekistondagi barcha masjidlarda «yomg‘ir so‘rab, jamoat bilan ikki rakaat istisqo namozi o‘qiladi». Shuningdek, Umra ziyoratidagi imomlardan ham Ikki Haramda o‘z guruhlari ishtirokida istisqo namozini o‘qish so‘ralgan.

Foto: Musulmonlar idorasi matbuot xizmati

O‘zbekistonda joriy yilda kuz fasli yomg‘irsiz o‘tayotgani, kelgusi kunlarda ham yog‘ingarchilik kutilmayotgani, yomg‘ir esa rizqu ro‘z, mo‘l-ko‘lchilik omili ekani e’tiboridan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbuslari bilan chiqqan. Unga ko‘ra, 2025 yil 28 noyabr kuni juma namozidan keyin O‘zbekistondagi barcha masjidlarda «Alloh taolodan tavba-tazarru, istig‘for ila yomg‘ir so‘rab, jamoat bilan ikki rakaat istisqo namozi o‘qiladi». Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmatining ma’lum qildi.

«Islom tarixida qurg‘oqchilik kuzatilgan paytlarda istisqo namozi o‘qilgani va uning samarasi ko‘rilgani keltirilgan. Xususan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yomg‘ir yog‘may, suvsizlik bo‘lgan davrlarda jamoat bilan qiblaga yuzlanib duo qilganlari, keyin o‘zlari imom bo‘lib namoz o‘qiganlari rivoyat qilingan. Alloh taolodan suv-yomg‘ir so‘raladigan istisqo namozi fazilati hadis kitoblarida bayon qilingan», deyiladi diniy idoraning tushuntirishida.

Bundan tashqari, viloyatlar, tuman-shaharlar markaziy masjidlari va ziyoratgohlarda jonliqlar so‘yilib, yordamga muhtoj oilalar va boshqa muhtojlarga tarqatiladi.

Shuningdek, diniy idora Islom ta’lim muassasalari ustoz va talabalari tomonidan Imom Buxoriy «Sahihi Buxoriy» asari 28 noyabr — juma namoziga qadar «xatmi kutub» qilinishini bildirdi. «Zero, Imom Buxoriyning «Sahih»lari qurg‘oqchilikda o‘qilganda, Alloh taoloning irodasi ila yomg‘ir yoqqani tarix kitoblarida yozilgan» deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Umra ziyoratida bo‘lib turgan imom-domlalardan Ikki Haramda ham o‘z guruhlari ishtirokida istisqo namozini o‘qishlari tavsiya etilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version