Iqtisodiyot

O‘zbekistonda yangi jamg‘arma tashkil etiladi

Published

on


Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi. 

«Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport tizimini barqaror rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Prezident qarori (PQ–398-son, 30.12.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish va ta’mirlashni moliyalashtirish maqsadida Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi:

– umumta’lim maktablari, tibbiyot va sport muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;

– ta’lim, tibbiyot va sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy jihozlar, o‘quv va tibbiy anjomlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash;

– boshqa ijtimoiy yo‘nalishlardagi qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version